Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov birinchi emas: yevrokuboklarda yutgan boshqa o‘zbekistonlik ham bor

Shomurodov birinchi emas: yevrokuboklarda yutgan boshqa o‘zbekistonlik ham bor

Kecha «Roma» jamoasida tarkibida Yevropa konferensiyalar ligasini yutgan Eldor Shomurodovni ko‘pchilik yevrokuboklarda g‘alaba qozongan ilk o‘zbekistonlik deb ta’riflamoqda. Aslida ham shundaymi?

Yo‘q, Shomurodov birinchi emas. 2004-2005 yilgi mavsumda UYeFA kubogi (hozir Yevropa ligasi bo‘lgan) finalida Rossiyaning SSKA jamoasi Portugaliyaning «Sporting» klubiga qarshi maydonga tushgan va 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

O‘shanda SSKA Rossiya uchun birinchi yevrokubokni taqdim etgandi. Uning tarkibida esa 18 yoshli Vitaliy Denisov ham bor edi. Ha, aynan Denisov yevrokuboklarda g‘alaba qozongan yana bir o‘zbekistonlik hisoblanadi.

To‘g‘ri, Vitaliy asosiy tarkib va zaxiraga ham kiritilmagan, ammo yakunda medal olgan, kubokni ko‘targan, jamoa bilan nishonlagan. Demak, yevrokubokni ham yutgan hisoblanadi.

UYeFA kubogi-2005, final, Lissabon, Portugaliya

Sporting - SSKA 1:3
Gollar: Rojerio 29 - A.Berezutskiy 56, Jirkov 65, Vagenr Lav 75

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring