Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venger Osiyo klublaridan birini boshqarishi mumkin

Venger Osiyo klublaridan birini boshqarishi mumkin

Foto: «Sports.ru»

Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Yaponiya klublarining biridan taklif oldi.

Xabar berishlaricha, 68 yoshli fransuz mutaxassisi «Vissel Kobe» boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Ushbu jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri  — germaniyalik Lukas Podolski Vengerning shogirdi hisoblanadi. Shuningdek, «Barselona» sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta ham shu jamoa bilan shartnoma imzolagan.

Aytish kerakki, Venger ilgari ham Yaponiyada faoliyat ko‘rsatgan. U «Arsenal»ga qadar — 1995-1996-yillarda «Nagoya Grampus» klubini boshqargan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring