Umid Ahmadjonov MOQ rahbarligidan ketishi mumkin
Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manba xabariga ko‘ra, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazilgan va undan MOQning so‘nggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan. Aynan shu yig‘ilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko‘tarilgan. Yig‘ilishda qo‘mita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish taklifi kiritilgan.
Bosh Assambleya yig‘ilishi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Manbaga ko‘ra, hozircha aniq nomzod bo‘lmagani uchun, Assambleya yig‘ilishi boshlanmay turibdi. Federatsiyalardan bu borada o‘z nomzodlarini taklif qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Uning mazkur lavozimdan ham ketgan yoki qolgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter