Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uembli»dan 1-may stadionigacha: dunyodagi eng yirik top-10 o‘yingohlar haqida

«Uembli»dan 1-may stadionigacha: dunyodagi eng yirik top-10 o‘yingohlar haqida

FNB (Frist national Bank) stadioni, Janubiy Afrika

Futbol musobaqalarini stadiondan kuzatish maroqli. Jahon bo‘ylab kishilarni hayratga sola oladigan, ulkan stadionlar qurilgan. Bugun ularning top-10taligi bilan tanishamiz. 

«Borg El Arab» stadioni, Misr

Foto: Sportsmatik

«Borg El Arab» stadioni 2007-yilda ochilgan bo‘lib, 86 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan. Qohira xalqaro stadioni va G‘azo Muborak stadioni bilan bir qatorda stadion Misr milliy terma jamoasining uyi sifatida xizmat qilsa ham, ushbu stadion Misrdagi biron bir futbol klubining uy stadioni hisoblanmaydi. Misr kubogining final uchrashuvlari har yili ushbu stadionda o‘tkaziladi. Shuningdek, Misrning «Al-Ahli» klubi ba’zan uy o‘yinlarini o‘tkazib keladi. Stadion Misr qurolli kuchlari muhandislari tomonidan to‘liq loyihalashtirilgan va qurilgan. Ilk xalqaro uchrashuvni esa Misr jamoasi Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlangan.

Bukid Jalil milliy stadioni, Malayziya

Sig‘imi 87 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bu stadion  1998-yilgi Hamdo‘stlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun «United Engineers» kompaniyasi tomonidan  qurilgan. Janubiy Osiyodagi eng katta stadion hisoblanadi.  Mazkur stadiondan Malayziya terma jamoasi uy uchrashuvlari sifatida foydalanadi. Arena 2001 va 2017 - yilgi Sharqiy Osiyo o‘yinlari musobaqasini qabul qilgan. Stadionning tashqi tomonini burama vertikal lyuvralar bilan qoplangan. 

«Gelora Bung Karno» stadioni, Indoneziya

88.083 tomoshabinni qabul qiladigan «Gelora Bung Karno» stadioni 1962-yilda barpo etilgan, unga  mamlakatning birinchi Prezidenti Sukarno sharafiga nom berilgan. Dastlab u juda katta 110,000 tomoshabinni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsada, ikkita murakkab ta’mirlash ishlari uning imkoniyatlariga biroz pasaytirdi. Stadion allaqachon bir qator xalqaro futbol musobaqalariga mezbonlik qilgan. Xususan 2018-yilgi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini bir qancha uchrashuvlarini qabul qilgan.

«Uembli» stadioni, Angliya

«Uembli» stadioni ingliz futbolining eng mashur maydoni. Ushbu stadion 90 ming tomoshabinga sig‘dira oladi. Bu futbol maydoni 2007-yilda, asl «Uembli» stadioni 2002-2003-yillar oralig‘ida buzib tashlanganidan keyin ochilgan va mamlakatning futbol federatsiyasi bo‘lgan, Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga tegishli. U Angliya Kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi kabi dunyodagi eng taniqli futbol musobaqalarini o‘tkazishda davom etmoqda va eng muhimi, 2012-yilgi Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasiga ham mezbonlik qilgan.

«Rouz Boul» stadioni, AQSh

Amerika Qo‘shma Shtatlari butun dunyoga o‘xshab futbolga katta e’tibor bermasa ham, 92 542 tomoshabinga mo‘ljallangan «Rouz Boul» nomli stadionni qurgani e’tiborga molikdir.  1994-yilgi Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan bu stadion 1922-yilda ochilgan.  Stadion tez-tez turli xil o‘yinlar va sport musobaqalarida foydalaniladi. Stadionga rekord darajadagi 106.869 tomoshabin kelgan (1973). Shuningdek, stadiondan golf musobaqasini o‘tkazishda ham foydalaniladi. Futbol bo‘yicha AQSh milliy terma jamoasi uy uchrashuvlarini ham shu stadionda o‘tkazadi.

FNB (Frist national Bank) stadioni, Janubiy Afrika

FNB stadioni 2010-yilda Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilganidan keyin e’tiborga tushdi. Ko‘proq bu stadionni «Sokker Siti» nomi bilan bilishadi. Janubiy Afrika terma jamoasi va «Kayzer Chifs» klubi uy stadioni hisoblanadi.

Ozodiy stadioni, Eron

Bag‘riga 95.225 kishini sig‘dira oladigan Ozodiy, 1973-yilda foydalanishga topshirilgan. Taxminan 3 million kvadrat metr maydonda qad rostlagan «Ozodiy» sport kompleksi 1974-1984 yillar oralig‘ida dunyoning eng ulkan stadion sifatida e’tirof etilgan. 

Kamp Nou, Ispaniya

Ispaniyaning «Barselona» jamoasining uy stadioni. Mazkur arena 1957-yilda ochilgan va dastlab «Estadi del FC Barselona» deb nomlangan. «Kamp Nou» deb 2000 yildan aytila boshlagangan. Ushbu stadion Yevropadagi sig‘imi jihatidan eng kattasi bo‘lib, 98,772 tomoshabinga mo‘ljallangan. 

Melburn kriket graund, Avstraliya

«Melburn Kriket Graund» o‘yingohi Avstraliyaning eng yaxshi sport maydoni hisoblanadi. Yuz yildan oshiq vaqt mobaynida u mamlakatdagi eng katta kriket, futbol o‘yinlariga va boshqa ko‘plab muhim sport musobaqalariga mezbonlik qildgan. Darhaqiqat, bu maydon 1956 yilgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga ham mezbonlik qilgan.Hozirgi kunda bu stadionda Avstraliya milliy terma jamoasi va kriket terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.

1-may stadioni, Shimoliy Koreya

Foto: Novostimire

Shimoliy Koreya xalqaro miqyosdagi eng katta futbol stadioniga ega. 150 ming tomoshabinga mo‘ljallangan 1-may stadioni  22 500 kvadrat metr maydonni o‘z ichiga oladi. U sakkiz qavatli bo‘lib, tomi 60 metr balandlikda joylashgan. 80 kirish va chiqish eshiklariga ega. Sayyoramizdagi eng ulkan o‘yingoh Shimoliy Koreya terma jamoasining uy uchrashuvlarini ham o‘zida qabul qiladi. Shuningdek, stadionda bir qator diplomatik uchrashuvlar va boshqa tadbir ham o‘tkaziladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring