UEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus» ishini yopdi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Ispaniyaning «Real» va «Barselona» hamda Italiyaning «Yuventus» jamoalariga qarshi ularning Yevropa Superligasini tuzishga urinishi sababli boshlangan ishni yopdi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilindi.
UEFA Superliga tashkilotchilari (yuqoridagi uch klub)ga qarshi sanksiyalar qo‘llamaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Superligada qatnashishga shayligini bildirgan to‘qqiz jamoaga belgilangan jarimalar ham bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprelida Yevropaning 12 jamoasi yangi turnir — Superliga tashkil etilishini e’lon qilgandi. Oradan bir necha kun o‘tib Angliyaning barcha jamoalari, keyinchalik «Inter» (Milan) va «Atletiko» (Madrid) loyihani tark etdi. Chunki yangi turnirni tashkil etish tashabbusi FIFA, UEFA, milliy assotsiatsiyalar, keng futbol jamoatchiligi va muxlislarning keskin qarshiligi va tanqidiga uchradi. Shunga qaramasdan, «Yuventus», «Real» va «Barselona» Superligada «qolish»ga ahd qilgan, o‘z navbatida, UEFA ushbu jamoalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha ish ochgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter