Toshkentda mustaqillikka bag‘ishlangan 5 kilometrlik marafon nihoyasiga yetdi (foto)
3-sentyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab «Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz» shiori va davlatimiz bayrog‘i ostida 5 kilometrlik marafon o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Erta tongdan Qurolli Kuchlar akademiyasi saf maydoni akademiya shaxsiy tarkibi, ofitserlar, serjantlar, harbiy pensionerlar, kursantlar, turli tashkilot hamda vazirliklardan tashrif buyurgan mehmonlar va poytaxtimizning sportga befarq bo‘lmagan ko‘ngilli fuqarolari bilan to‘ldi. Ular Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu marofonda faol ishtirok etishdi.
Marafon ishtirokchilari Qurolli Kuchlar akademiyasidan start olib, Kichik xalqa yo‘li – Taraqqiyot ko‘chasi – «Ashxobod sayilgohi» istirohat bog‘i – Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent ko‘chasi orqali akademiyadagi finishga yetib kelishdi. Bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tgan marafonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ham faol ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter