Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020: bugungi musobaqalarda o‘zbekistonlik 11 nafar sportchi qatnashmoqda

Tokio-2020: bugungi musobaqalarda o‘zbekistonlik 11 nafar sportchi qatnashmoqda

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 24-iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili ishtirok etmoqda. Sportchilarimizning chiqishlari haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi taqdim etdi.

XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida hamyurtlarimiz ishtirokini birinchi bo‘lib o‘zbek mergan qizi Muxtasar Tohirova boshlab berdi. Namanganlik sportchi 10 metrdan miltiqdan otish bo‘yicha saralash dasturida qatnashmoqda. Mazkur musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlandi.

Shundan so‘ng qilichbozlarimiz bahslarga kirishdi. Dastlab soat 05:30 da sablyachimiz Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodosiu bilan hisob-kitob qilgan bo‘lsa, soat 07:25 da shpagachimiz Malika Hakimova xitoylik Yiven Sunga qarshi jang olib boradi.

Tokio kanallarida akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahboz Xolmirzayev va Sobir Safaraliyev soat 06:50 dan saralash bahslariga kirishadilar. Hamyurtlarimiz birinchi guruhda 4-yo‘lakda harakat qilishadi.

Soat 07:00 da Murodjon Xolmurodov velosportning shosse yo‘nalishida 234 km. masofada o‘tkaziladigan guruh poygasidagi startini boshlaydi.

Shuningdek, soat 07:00 da tennischimiz Denis Istomin hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqadi.

Shundan so‘ng e’tiborimizni boks bahslariga qaratamiz. Soat 07:30 da ayollar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida ishtirok etadigan hamyurtimiz Shahnoza Yunusova polshalik Karolina Kosevskaga qarshi ringga ko‘tariladi. Taxminan soat 10 da esa yana bir bokschimiz Sanjar Tursunov (-91 kg) ishtiroki kutib turibdi. Unda hamyurtimiz jazoirlik Abdulhafid Benchablaga bilan kuch sinashadi.

Rasuljon Abdurahimov soat 15:30 dan boshlanadigan sport gimnastikasining ko‘pkurash yo‘nalishi, saralash bosqichida ishtirok etadi.

Shubhasiz, ushbu kun doirasida ko‘pchilikning e’tibori dzyudo bahslariga qaratiladi. Unda Sharofiddin Lutfillayev -60 kg vazn toifasida bahs olib olib boradi. Polvonimiz musobaqani Ukraina va Gvatemala vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi boshlaydi. Dzyudo bahslari soat 07:00 dan boshlanadi. Hamyurtimiz birinchi davradan erkin o‘tgani uchun uning ishtiroki taxminan 30-40 daqiqalardan keyin boshlanadi.

Katta musobaqalar oldinda, barcha sportchilarimizga omad va faqat g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring