«Tilla bola» UFCda ilk bor mag‘lub bo‘ldi (video)

Asli kelib chiqishi armanistonlik bo‘lgan amerikaning UFC jangchisi Edmen Shaxbazyan hamyurti Derek Bransondan faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Jang UFC Fight Night 173 musobaqasi doirasida Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uchinchi raundda hakamlarning aralashuvi bilan to‘xtatildi. Unda 36 yoshli Branson texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Bu Shaxbazyanning UFCda ketma-ket 11 ta g‘alabadan so‘ng birinchi mag‘lubiyati. Shu paytgacha sportchi to‘qqizta jangini birinchi raundning o‘zidayoq nokaut bilan tugatib, «Tilla bola» nomiga sazovor bo‘lgandi.
Bransonning hisobida esa 21 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter