«Tilla bola» UFCda ilk bor mag‘lub bo‘ldi (video)
![«Tilla bola» UFCda ilk bor mag‘lub bo‘ldi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2642668034.jpg)
Asli kelib chiqishi armanistonlik bo‘lgan amerikaning UFC jangchisi Edmen Shaxbazyan hamyurti Derek Bransondan faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Jang UFC Fight Night 173 musobaqasi doirasida Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uchinchi raundda hakamlarning aralashuvi bilan to‘xtatildi. Unda 36 yoshli Branson texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Bu Shaxbazyanning UFCda ketma-ket 11 ta g‘alabadan so‘ng birinchi mag‘lubiyati. Shu paytgacha sportchi to‘qqizta jangini birinchi raundning o‘zidayoq nokaut bilan tugatib, «Tilla bola» nomiga sazovor bo‘lgandi.
Bransonning hisobida esa 21 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter