TATUda futzal musobaqasi o‘tkazildi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida futzal bo‘yicha «TATU ko‘chma kubogi» musobaqasi o‘tkazildi.
Bahslarda universitetning oltita filiali va 14 ta texnikumidan yig‘ilgan 8 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bahs olib bordilar.
Musobaqaning 3-o‘rini uchun bahs «Nurafshon» va «TATU-2» jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin «TATU-2» jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Final o‘yini TATU Samarqand filiali va «TATU» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda «TATU» jamoasi Doston Sultonov (3 ta), Laziz Jo‘rayev, Nosir Narziyev va Fazliddin Boboqulovlarning (1 tadan) gollari evaziga «Samarqand» jamoasini yirik 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
«Universitetimizning 6 ta filiali, 14 ta texnikumi va 6 ta litseyi bor. Ularning ko‘pchiligida rahbarlar ham bir-birini yaxshi tanishmas edi. Musobaqa bizni bir oila qildi. TATU ko‘chma kubogi musobaqasi birinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Buni davomli qilamiz», – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov.
G‘oliblarga estalik sovg‘alari, mos ravishda 10 mln, 15 mln, 20 mln pul mukofotlari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter