Taniqli sportchi 7 yilga qamalishi mumkin
ATP reytingi sobiq birinchi raketkasi, «Ulkan toj» turnirlari olti karra chempioni Boris Bekker qamalishi mumkin, deb xabar berdi «Vesti».
Taniqli nemis tennischisi, agarda aybi isbotlansa, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Bekkerga o‘z daromadlarini yashirganlik ayblovi qo‘yilmoqda. Xususan, «Breaking Data Corp» kompaniyasida ulushi borligini, Londonning Chelsi tumanida kvartirasi, Belgiya va Gernsi banklarida hisobraqamlari borligini sir tutgan, deyiladi «Sky» xabarida. Biroq sobiq sportchi barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yili Buyuk Britaniya sudi Bekkerni bankrot deya e’lon qilgandi. Shu maqomda bir yil yurishi kutilgandi, biroq ko‘p o‘tmay yashirin aktivlari borligi, 4,5 million funt sterlinglik tranzaksiyalar o‘tkazgani aniqlandi. Shundan so‘ng Boris Bekker uchun moliyaviy cheklovlar 12 yilga uzaytirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter