Taniqli dzyudochida doping aniqlandi

Taniqli dzyudochi Elbek Abdullayev taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilingan. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston vitse-chempioni 2021 yil dekabrdagi musobaqalar paytida doping tekshiruvidan o‘tgandi. Uning organizmida doping borligi aniqlangan.
Agentlik xabariga ko‘ra, milliy terma jamoaning yana 4 a’zosida testosteron, anastrozol, boldenon va oksandrolon kabi moddalar qayd etilgan. Bu moddalar Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter