Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tailand hali gol o‘tkazmagan» — Srechko Katanets raqib va jamoamiz holati haqida gapirdi

«Tailand hali gol o‘tkazmagan» — Srechko Katanets raqib va jamoamiz holati haqida gapirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va futbolchimiz Odiljon Hamrobekov Tailandga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Ertangi o‘yin uchun hammamiz tayyormiz. Buning uchun bizda 7 kun vaqt bo‘ldi. Tailandga qarshi uchrashuvda barchasini maydonda ko‘rsatamiz.

Hech qaysi futbolchi jarohat olishdan kafolatlanmagan. Buni boricha qabul qilamiz. Biz turnir davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘yindan-o‘yinga raqiblar jiddiylashib borishi ma’lum edi. Ertaga juda qiyin o‘yin bizni kutib turibdi. Tailand hali gol o‘tkazmagan, ular raqibga yaxshi bosim o‘tkazishadi. Bu jamoaga qarshi maydonga tushish qur’a omadli kelganini anglatmaydi. Ba’zi muhim o‘yinchilarimiz jarohat sababli yordam bera olmasada, qolgan barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyor dedi bosh murabbiy.

— Tailand hali gol o‘tkazib yubormadi, ular tartibli himoyalanishadi. Jismoniy holat bilan bog‘liq muammo yo‘q, maydonda ikkala jamoa ham bir xil sharoitda bo‘ladi. Kim o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalansa, yaxshi natijaga erishadi. Hujum bilan bog‘liq muammolar ustida ishlayapmiz.

Jiddiy jarohat olgan jamoadoshlarimiz o‘z klublariga qaytdi, tuzalish ehtimoli borlar esa shifokorlar nazorati ostida. Ularning biz bilan bo‘lishi barchamiz uchun foydali bo‘ladi, — dedi Odiljon Hamrobekov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Tailand bahsi ertaga (soat 16-30da) bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring