Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo kubogi: U-17. O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yengib, chorakfinalga peshqadam sifatida yo‘l oldi

Osiyo kubogi: U-17. O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yengib, chorakfinalga peshqadam sifatida yo‘l oldi

Foto: The AFC

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo kubogi U-17 guruh bosqichi so‘nggi turida Saudiya Arabistonini yirik hisobda yengib, pley-offga 1-o‘rinni egallagan holda yo‘l oldi.

49-daqiqada saudiyaliklarning penaltidan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 51-daqiqada raqibning goli o‘yindan tashqari holat sababli bekor qilindi.

57-daqiqada Jamshidbek Rustamov penaltidan hisobni ochdi. 63-daqiqada Asilbek Aliyev o‘yindagi ikkinchi golni kiritdi. 70-daqiqada Rustamov ajoyib zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 3:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston 9 ochko bilan A guruhida 1-o‘rinni egallab chorakfinal bosqichiga yo‘llanma oldi. Mezbonlar esa 6 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqishdi.

Islombek Ismoilov shogirdlari 13-aprel kuni kuni chorakfinalda V guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Raqib 10-aprelda — Yaponiya–Avstraliya va Vetnam–BAA uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Osiyo kubogi U-17. 3-tur.

Saudiya Arabistoni U17 — O‘zbekiston U17 — 0:3

Gollar: Jamshidbek Rustamov 57 (penalti), 70, Asilbek Aliyev 63.

Saudiya Arabistoni: 22. Vafi, 3. Nosir al-Fihoniy, 6. Said ad-Dovsari 9. Ablulhadi Matari (17. Salim Abdulloh, 46), 10. Abdulrahmon So‘fiyoni, 11. Sabri Dahal (7. Al-Volid, 64), 12. Odil bin Hibah 13. Osama al-Dagmah, 14. Abdulaziz Asiriy, 18. Abdulaziz Alfavaz (23. Mahir Tavashiy, 72), 20. Abu Bakr Said.

O‘zbekiston: 1. Shokirov, 4. Bahodirxonov, 5. Murodov, 8. Muhammadov (22. Abdullayev, 46), 9. Sarsenbayev (20. Aliyev, 46), 10. Habibullayev, 13. Fazliddinov, 14. Saidmurodov, 15. Musaxonov (23. Mahmudjonov, 72), 16. Abdumo‘minov (7. Hasanov, 63), 17. Rustamov.

Noaniq penalti: Matari, 49 (S).

A guruhidagi vaziyat:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring