Tadich Messining rekordini yangiladi

Amsterdamning «Ayaks» klubi hujumchisi Dushan Tadich bir kalendar yilida amalga oshirilgan golli uzatmalar soni bo‘yicha «PSJ» futbolchisi Lionel Messidan o‘zib ketdi.
Niderlandiya chempionatining 16-turida «Alkmar»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda serb futbolchisi o‘z hisobiga 37-golli pasni yozib qo‘ydi.
Shu tariqa u argentinalik yulduz 2011-yilda o‘rnatgan rekordni yangiladi. O‘shanda «Barselona»da to‘p surgan Messi o‘z jamoadoshlarini 36 marta golli uzatma bilan ta’minlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Dushan Tadich 2018-yilda «Ayaks» safiga o‘tgan. 33 yoshli futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2024-yilgacha tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter