Superliganing 4-turi markaziy bahsida hisob ochilmadi
Surxondaryoning Termiz shahrida Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Surxon» jamoasi Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qildi. O‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakuniga yetdi. «Paxtakor» o‘tgan uchta turning barchasida g‘alaba qozonib kelayotgandi. «Surxon» esa uchta o‘yinda 1ta durang, 2ta g‘alaba qayd etgandi.
«Surxon» — «Paxtakor» uchrashuvini O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To‘ra Bobolov, O‘FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari birgalikda bevosita stadiondan tomosha qilganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.
Coca Cola Superliga, 4-tur
«Surxon» — «Paxtakor» — 0:0
«Surxon» : Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov (Ayubxon No‘’monov, 55), Shavkat Salomov (Ravshanbek Xursanov, 90+7), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Darko Stanoyevich, Sherzod Hakimov (Mirzakamol Kamolov, 84).
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 46), Dragan Cheran, Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 71), Odiljon Hamrobekov, Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 88), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter