Superliga tarixida ilk bor ayol hakam «Metallurg» – «Nasaf» uchrashuvida ishlaydi
Superliga 15-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Nasaf» uchrashuvini Hasan Ro‘ziyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Mazkur o‘yinda bosh hakamga O‘zbekiston milliy chempionatlari yuqori divizioni tarixida ilk marta ayol hakam yordam beradi. Uchrashuvda buxorolik tajribali hakam Kristina Sereda qanot hakami sifatida faoliyat olib boradi. Bunga qadar Superliga o‘yinida ayol hakamlar hech ham ishlamagan.
«Metallurg» – «Nasaf»
Hakamlar: Hasan Ro‘ziyev, Aleksandr Burov, Kristina Sereda, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi – Aleksandr Popov.
Komissar – Ma’mur Saidqosimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter