Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superliga rasman to‘xtatildi: inqilob ikki kunda «o‘ldi»

Superliga rasman to‘xtatildi: inqilob ikki kunda «o‘ldi»

Yevropa futbolida ikki kun avval boshlangan katta mojaroda UYeFAning qo‘li baland keldi. Uning bosimi va aksariyat muxlislar qarshiligida superliga a’zolari birin-ketin loyihadan chiqib ketishdi. Bu ishni APL klublari boshlab berishdi.

Yevropa Superligasi matbuot xizmati ingliz klublari loyihadan chiqqanidan keyin bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, bosim ostida ingliz klublari loyihadan chiqib ketganiga qaramay, Superliga taklifi Yevropaning qonunlari va qoidalariga to‘liq mos keladi.

«Hozirgi sharoitda o‘z maqsadlarimizdan qaytmasdan, loyihani o‘zgartirish uchun tegishli choralarni ko‘ramiz», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Superligasida Ispaniyadan «Real» «Barselona», «Atletiko»; Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus»; Angliyadan «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» ishtirok etishi kutilgandi.

Superligaga Florentino Peres prezidentlik qilishi, Joel Gleyzer («MYu») va Andrea Anelli («Yuventus») unga o‘rinbosar bo‘lishi, turnir avgust oyidanoq start olishi mumkinligi aytilgandi.

Loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Joel Gleyzer va Andrea Anelli o‘z klublaridan ham ketishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring