Sport vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etiladi
«Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-137-son, 20.03.20224-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar o‘tkaziladi:
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha «Uzbekistan Open» O‘zbekiston ochiq chempionati;
- og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha davlat sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi.
Sport vazirligi huzurida o‘z faoliyatini 2025/2026 o‘quv yilidan boshlovchi Og‘ir atletika markazi (Markaz) tashkil etiladi.
2024-yil 1-sentyabrgacha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi og‘ir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlab boriladi.
2024-yil 1-sentyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter