Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharros yomg‘ir ostidagi marafon: Keniyada tayyorgarlik ko‘rgan sportchi g‘olib bo‘ldi

Sharros yomg‘ir ostidagi marafon: Keniyada tayyorgarlik ko‘rgan sportchi g‘olib bo‘ldi

Beshinchi bor tashkil etilgan Toshkent xalqaro marafonida 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdilar.

Bir vaqtning o‘zida Respublikamizning barcha viloyatlarida «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkazildi.

Musobaqada professional va havaskor sportchilar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo‘nalishlarida bahs olib borishdi. Kutilganidek, musobaqaga Keniyada tayyorgarlik ko‘rgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov yarim marafon dasturida mamlakat rekordi bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Shuningdek, yana bir qator vakillarimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

 G‘olib va sovrindorlar:

3 km, erkaklar:

  1. Diyorbek Ahmedov - 9:16
  2. Eldor Botirov - 9:17
  3. Jahongir Raxmatullayev - 9:33

3 km, ayollar:

  1. Anastasiya Silchenkova - 10:27
  2. Go‘zal Maxamatovaliyeva - 10:38
  3. Oyzira Jo‘raqulova - 10:43

10 km, ayollar:

  1. Sitora Hamidova - 39:34,29
  2. Shohsanam Xurramova - 40:46,54
  3. Kamola Ablamova - 42:23,46

Yarim marafon, erkaklar:

  1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) - 1:03:37
  2. Nodir Mutalipov (O‘zbekiston) - 1:06:50
  3. Mixail Kulkov (O‘zbekiston) - 1:07:51

Yarim marfon, ayollar:

  1. Aynuska Xalil kizi (Qirg‘iziston) - 1:15:47
  2. Aziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) - 1:21:32
  3. Moxinabonu Komilova (O‘zbekiston) - 1:24:17

Marafon, erkaklar:

  1. Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) - 2:20:13

2.Ilya Pyankin (Qirg‘iziston) - 2:25:61

3.Islom Amangos (Qozog‘iston) - 2:29:58

Marafon, ayollar:

  1. Gulshanoy Sattarova (Qirg‘iziston) - 2:46:30
  2. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) - 2:59:28
  3. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) - 3:00:29.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring