O‘zbekiston terma jamoasi «Devis kubogi» saralash bosqichida yaponlarni mag‘lub etdi
16 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida «Devis kubogi»ning birinchi jahon saralash bosqichida hamyurtlarimiz Yaponiya jamoasiga qarshi kortga chiqib, 3:1 hisobda g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Sergey Fomin, Humoyun Sultonov, Denis Istomin, Sanjar Fayziyev va Maksim Shindan iborat mahoratli raketka ustalari yaponiyalik raqiblari bilan musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish uchun bahs yuritishdi.
Kuchli raqibga qarshi qizg‘in o‘tgan o‘yinda sportchilarimiz o‘z mahoratlarini ustalik bilan namoyon etdilar.
Musobaqa quyidagi natijalar bilan yakunlandi:
Denis Istomin : Sho Shimabukoro
6:3 6:7(5) 6:7(9)
Sergey Fomin : Shintaro Mochizuki
7:6(3) 7:6(2)
Fayziyev/Istomin : Uyesugi/Vatanuki
3:6 7:6(2) 6:2
Sergey Fomin : Sho Shimabukoro
7:6(1)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter