Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Nuriddinov tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi

Ruslan Nuriddinov tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bu bilan andijonlik polvonimiz ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.

Nuriddinov dast ko‘tarish mashqida 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko‘rsatib, 3 yo‘nalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Hamyurtimiz eng yaqin ta’qibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCh

Erkaklar, -109 kg:
Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston)  - 397 (177+220) kg
Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg
Rafayel Kastilo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring