Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akbar Jo‘rayev yana tengsiz!

Akbar Jo‘rayev yana tengsiz!

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Akbar Jo‘rayev o‘z vaznida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 195 kg toshni bo‘ysundirib, ushbu dasturda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish mashqida umumiy hisobdagi chempionlik uchun Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov raqobat olib borishdi. Ikki ajoyib polvonlarimiz bahsida yana Tokio-2020 qahramonining qo‘li baland keldi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCh.

Erkaklar, -109 kg:

  1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 433 (195+238) kg
  2. Ruslan Nuridinov (O‘zbekiston) – 421 (185+236) kg
  3. Simon Martirosyan (Armaniston) – 416 (188+228) kg
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring