Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidasini buzgani tasdiqlandi

Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidasini buzgani tasdiqlandi

Sport arbitraj sudining antidoping bo‘limi (CAS ADD) belaruslik Nikolay Novikov va O‘zbekiston vakili Ruslan Nuriddinovni antidoping qoidalarini buzishda aybdor, deb topdi. Har ikki sportchi 2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada bahslarida doping qabul qilganlikda ayblanmoqda.

Og‘ir atletika xalqaro federatsiyasi dekabr oyida Novikov va Nuriddinovni musobaqalardan chetlatgani haqida xabar berib o‘tgan edik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarning doping tahlili qayta tekshirilgandan so‘ng shunday qaror qabul qilingandi.

Xabarda aytilishicha, Ruslan Nuriddinovning doping tahlilida taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan bo‘lsa, Novikovda degidroxlormetiltestosteron va stanozolol topilgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi aprel oyida har ikki ishni sport arbitraj sudiga ko‘rib chiqish uchun bergan edi. Ushbu ishni ko‘rib chiqqan hakam Nuriddinov va Novikov antidoping qoidalarini buzgan, deb topdi va ular London Olimpiadasida qayd etgan natijani bekor qildi. Xabar qilinishicha, xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ushbu ishni ko‘rib chiqishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nuriddinov London olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan va to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Novikov esa 85 kilogrammgacha vaznda yettinchi o‘rinda qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring