Ronalduni o‘yin vaqtida burnini sindirishdi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi doirasidagi Chexiya – Portugaliya uchrashuvida burnini sindirib oldi.
Birinchi bo‘limning 13-daqiqasida Chexiya terma jamoasi darvozaboni Tomash Vachlik to‘pni mushti bilan qaytarayotganda, kutilmaganda Ronalduning yuziga zarba berib yubordi. Futbolchining yuzi qonga belandi.
Shifokorlar tezda unga yordam berishdi va futbolchi o‘yinni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi.
Portugaliya terma jamoasi yakunda yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu «Everton» ishqibozining telefonini sindirib tashlashda ayblangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter