Ronaldu: «Frans Futbol» yana aldadi va mendan foydalandi»
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» topshirish marosimiga bormagan. Bu holatni «Frans Futbol» nashri bosh muharriri Paskal Ferre karantin bilan izohlagan.
Ammo Ronaldu Ferrening ushbu so‘zlarini yolg‘on deb atadi va marosimga borishga sabab yo‘qligini aytdi. Shuningdek, futbolchi muharrirni yolg‘onchilikda aybladi.
«Paskal Ferre aldadi, u o‘zini va nashrini reklama qilish uchun mening ismimdan foydalandi. Mana shunday mukofotni topshirishga mas’ul bo‘lgan shaxsdan bunday yolg‘onni eshitish «Oltin to‘p» va «Frans Futbol»ga nisbatan hurmatsizlikdir. U bugun ham yana aldadi va mening bormasligimni karantin bilan izohladi. Aslida u yerga borishimga biror asos yo sabab yo‘q», deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida.
Shuningdek, Ronaldu asosiy maqsadi jamoalari bilan birga milliy va xalqaro sovrinlarni yutish ekanini aytgan.
«Faoliyatimning asosiy maqsadi — professional futbolchi bo‘lishni istagan har bir odamga yaxshi namuna bo‘lish. Eng asosiy maqsadim — dunyo futboli tarixida o‘z ismimni oltin harflar bilan yozishdir», degan futbolchi.
Avvalroq Lionel Messi «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqani haqida xabar berilgandi. Bu sovrin Messi uchun yettinchisi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter