Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Rasman: Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: «UzReport»

Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi — bu haqda bugun 18-noyabr kuni futbolchi o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning shonli yo‘li» kitobi taqdimot marosimida ma’lum qildi.

Odil Ahmedov yozda O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

2007-yilda O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan Odil Ahmedov milliy jamoa safida 108 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan. To‘rtta jahon chempionatining saralashlarida qatnashgan, uch marotaba Osiyo kubogida ishtirok etgan. 2020-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

34 yoshli yarimhimoyachi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Sanchjou Mayti Layons» safida 7 o‘yinda maydonga tushgandi. Faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Shanxay SIPG» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring