Ahmedovlar oilasi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov vafot etdi.
«Daryo» xabariga ko‘ra, Olimjon Ahmedov 31 oktyabr, shanba kuni 65 yoshida vafot etgan.
U uzoq yillar mobaynida «Namangan avtotexxizmat» korxonasida mehnat qilib, shu yerdan nafaqaga chiqqan. Oilada 4 o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, el-yurt xizmatiga kamarbasta farzandlar etib voyaga yetkazgan.
Olimjon Ahmedovning ikki nafar o‘g‘li – Odil Ahmedov va Azim Ahmedov yurtimizda taniqli futbolchilar hisoblanishsa, ularning akasi Yoqub Ahmedov kino sohasi vakilidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas