Rasman! «Manchester Siti» YChLdan 2 mavsumga chetlatildi
Angliyaning «Manchester Siti» klubi Yevropa chempionlar ligasidan ikki yilga chetlatildi. UEFAning bu haqdagi qarori keyingi mavsumdan kuchga kiradi.
UEFAning bunday qarorga kelishiga klubning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab bo‘lgan. «Shaharliklar», shuningdek, 30 million yevro miqdorida jarima ga ham tortilgan.
Endi «Manchester Siti» YChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan taqdirda ham 2020/21 hamda 2021/22 yilgi mavsum musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.
Angliya klubida ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilish huquqi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter