Ramzan Qodirovdan brilliant butsa olgan futbolchi
Moskvaning «Rodina» jamoasi futbolchisi Maurisio Grozniyning «Ahmat» klubi sharafini himoya qilib yurgan paytida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga brilliant butsa sovg‘a qilgan. Braziliyalik futbolchi bugun, 4-oktyabr kuni «Match TV» telekanaliga bergan intervyusida buni esladi.
«Bir kuni Qodirov meni o‘z qarorgohiga kechki ovqatga taklif qildi. U yerda katta qutini menga topshirdi. Qutini ochib, qotib qoldim. Ichida haqiqiy brilliantlar qadalgan butsalar turardi», — dedi Maurisio.
Futbolchi brilliant butsani uyidagi seyfida saqlashini aytdi.
«Bu butsaning narxi qancha, to‘g‘risi, bilmayman. Dunyoda hamma narsaning narxi bor, biroq oqibatni sotib ololmaysan. Seni faqat futbolchiliging uchun emas, insonliging uchun ham qadrlashlari — eng qimmati», — dedi Maurisio.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter