Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizillar» to‘qnashuvida mezbonlar g‘alaba qozondi

«Qizillar» to‘qnashuvida mezbonlar g‘alaba qozondi

Foto: Twitter / Match of the Day

Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.

Dastlab mezbonlar ketma-ket tezkor gollarni kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. De Xea, Lukaku va Reshford uchligi 24 daqiqa ichida «Liverpul» darvozasi ikki marta ishg‘ol qilinishiga sabab bo‘ldi. Har ikki golni Markus Reshford kiritdi.

Ikkinchi bo‘lim birinchisidan ancha qiziqarli kechdi va kutilmaganda Erik Bayi o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari haqiqiy markaziy uchrashuv kabi o‘tdi, mehmonlar ketma-ket hujumlar uyushtirishdi, ammo yakuniy hisob baribir «qizil iblislar» tomonda qoldi.

Shu bilan «Manchester Yunayted» ikkinchi o‘rin uchun kechgan bahsda «Liverpul»ni dog‘da qoldirib, o‘ziga kerakli ochkolarni ishlab oldi.

APL, 30-tur

«Manchester Yunayted» – «Liverpul» 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.

«Manchester Yunayted»: De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktominay, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches (Darmian, 90), Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.

«Liverpul»: Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 62), Salax, Jan, Mane, Milner.

Ogohlantirishlar: Reshford (27), Oksleyd-Chemberlen (35), Valensiya (89).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring