O‘zbek va qozoq bokschilari qit’a gegemonligi uchun kurashadi
![O‘zbek va qozoq bokschilari qit’a gegemonligi uchun kurashadi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3127982698.jpg)
Bugun BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida erkaklar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi.
Xabar berilganidek, 10 vazn toifasidan 7 ta final hamyurtlarimiz ishtirokida kechadi. Ulardan 4 tasida esa o‘zbek va qozoq bokschilarining to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Shubhasiz, ular orasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev bellashuvi markaziy jang sifatida e’tirof etiladi.
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Meysam Geshlagi (Eron)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter