O‘zbek va qozoq bokschilari qit’a gegemonligi uchun kurashadi
Bugun BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida erkaklar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi.
Xabar berilganidek, 10 vazn toifasidan 7 ta final hamyurtlarimiz ishtirokida kechadi. Ulardan 4 tasida esa o‘zbek va qozoq bokschilarining to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Shubhasiz, ular orasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev bellashuvi markaziy jang sifatida e’tirof etiladi.
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Meysam Geshlagi (Eron)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter