Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishki olimpiada yaqinlashmoqda. Yangi davrni boshlash vaqti kelmadimi?

Qishki olimpiada yaqinlashmoqda. Yangi davrni boshlash vaqti kelmadimi?

Qishki Olimpiada chempioni Lina Cheryazova. 1994-yil. Lillexammer (Norvegiya)

youtube.com

XXXIII Qishki olimpiada o’yinlari haqida muhim ma’lumotlar:

  • - Mezbon davlat: Koreya Respublikasi;
  • - Mezbon shahar: Pyonchxan;
  • - Bo’lib o’tadigan sana: 2018 yil, 9-25 fevral;
  • - Ishtirokchi davlatlar soni: 84 ta;
  • - Ishtirokchi sportchilar soni: 2500 nafardan ziyod;
  • - Medallar jamg’armasi: 7 sport turi va undagi 15 ta yo’nalishda, 98 medallar jamlamasi;
  • - Pyonchxan shahri Olimpiada o’yinlarini o’tkazish uchun Germaniyaning Myunxen va Fransiyaning Ansi shaharlari bilan raqobat qildi. Yakunda yaqqol ustunlik bilan Koreya Respublikasi g’alabaga erishdi. Bu voqea HOQning 2011 yil 6 iyulda bo’lib o’tgan 123-sessiyasida ma’lum bo’ldi;

Lina Cheryazova. Bu nom o’zbek sporti tarixiga bir umrga muhrlangan. Axir u mustaqil O’zbekistonning qishki olimpiya o’yinlaridagi birinchi va yagona g’olibasidir. Ammo u hozir O’zbekistonda istiqomat qilmaydi. Uning bundan 23 yil avval ko’rsatgan qahramonligini biz haligacha faxr bilan aytamizu lekin...

Endi mavzuni qishki sport turlaridagi muammolar, nuqsonlar, kamchiliklar haqida davom ettiramiz. Yaxshi bilamiz Prezidentimiz tomonidan sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning zamirida yoshlar o’sib-ulg’ayib Vatani sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda. Biz qo’lga kiritayotgan yutuqlar asosan yakkakurash sport turlariga to’g’ri kelmoqda. Biroq, terma jamoalar va qishki sport turlari negadir oqsoqlanib qoldi.

Savol tug’iladi: nega futbol, gandbol, basketbol kabi jamoaviy o’yinlarda natijalar qoniqarli emas? Imkoniyat yoki natijaga erishish uchun sharoit yo’qmi?

Ochig’ini tan olish kerakki, qishki sport turlari hamon uyquda. Bizga bu sport turi kerak. Millionlab insonlar figurali uchish, biatlon, chang’ida uchish, bobsley, hokkey kabi sport turlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishadi. Chunki bu sport insonga ruhan maroq va xotirjamlik bag’ishlaydi. 2018 yilning fevral oyida Koreya Respublikasida Qishki Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tadi. Unda bizdan faqatgina uch nafar sportchimiz qatnashishi mumkin. Agarda Qishki sport turlari assotsiyasiyasi jiddiy yondoshganida biz bugun balki ko’plab sportchilarimizni Olimpiya o’yinlarida ko’rarmidik?!

Birgina qo’shni Qozog’istonni olaylik. Ushbu davlat 2022 yilgi qishki olimpiada o’yinlari uchun o’z nomzodini qo’y. Ammo yakunda omad Xitoyga kulib boqdi. Faqat 4 ovoz bilan ular ortda qoldi xolos. Ularni Olimpiya o’yinlaridagi natijalari ham juda yaxshi. O’zbekistonda ham bu sport turlarini rivojlantirish uchun yetarli sharoit bor. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida bu sport uchun tabiiy joylarni tashkil etish, sportchilarni yil davomida qo’shni davlatda mashg’ulot olib borishlari uchun shart-sharoitni yaratish vaqti allaqachon keldi.

Tez orada Olimpiya o’yinlari boshlanadi
Foto: olympic.org

Maqolani Lina Cheryazova nomi bilan bejizga boshladik. Uning qahramonligi taqsinga sazovor. Qishki sport turlaridan xushxabar eshitishdan umidvormiz. Ajab emaski, yaqin yillarda qishki sport turlarida ham maqsadlar ro’yobini ko’rarmiz. Biroq hozircha qishki sport uyquda!  

Yakunda, futbol qiroli Pelening mashhur gapini keltirishni lozim topdik: «Bolalarni asrang. Ularga e’tibor bering. Vaqti kelib ular yurt sha’nini himoya qiladi».

Jamshid Hojiakbarov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring