«Paxtakor» futbol klubi sotuvga qo‘yildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Paxtakor futbol klubi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini ma’lum qildi.
Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:
- futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
- futbol klubi balansidagi barcha sport ob’yektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
- «Paxtakor» futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter