Parij – 2024: ikki o‘zbekistonlik erkin kurashchi bahslarni g‘alaba bilan boshladi
Parijda o‘tayotgan olimpiyada bahslarida erkin kurashchi Javrail Shapiyev g‘alabali yurishni amalga oshirdi.
-86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.
Shuningdek, G‘ulomjon Abdullayev ham yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshlab, ilk bosqichda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade bilan bellashdi. U irodali g‘alaba (11:4) bilan chorak final yo‘llanmasini naqd qildi.
Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter