O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov yana bir lavozimni egalladi
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Bu haqda bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan mamlakat gandbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda federatsiyaga yangi rahbar saylanib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqilgan.
Tadbirda Quvondiq Sanoqulov bir necha yillar davomida mamlakat suzish federatsiyasi raisi lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgani e’tirof etildi. Shu sabab delegatlar uning nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Q.Sanoqulov mamlakat gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Rasmiylar bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy sport turlarida ham yo‘llanma olish muhim ekani, buning uchun barcha terma jamoalarimizga kerakli sharoitlar yaratib berilishi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter