Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gandbolchilarimiz jahon chempionatining ilk o‘yinini o‘tkazdi

Gandbolchilarimiz jahon chempionatining ilk o‘yinini o‘tkazdi

Foto: «Pinterest.ru»

Avval xabar berganimizdek, Ispaniyada gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XXV jahon chempionatining barcha guruhlarida dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«D» guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari chempionat dasturiga binoan ilk o‘yinni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bellashuvda 46:15 hisobida shvetsiyaliklarning qo‘li baland keldi.

Guruhdagi Niderlandiya-Puerto-Rika «dueli»da esa 55:15 natijasi qayd etildi. Endi yurtimiz gandbolchi qizlari bugun, 5 dekabr kuni kechki payt Niderlandiya termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Jahon chempionatining qolgan guruhlaridagi o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

«A» guruhi: Fransiya-Angola-30:20, Chernagoriya-Sloveniya-18:28.

«V» guruhi: Rossiya-Kamerun-40:18, Serbiya-Polsha-25:21.

«Ye» guruhi: Germaniya-Chexiya-32:21, Vengriya-Sloveniya-35:29.

«C» guruhi: Ruminiya-Eron-39:11, Norvegiya-Qog‘og‘iston-46-18.

«G‘» guruhi: Janubiy Koreya-Kongo-37:23, Daniya-Tunis-34:16.

«G» guruh: Xorvati-Braziliya-25:30, Yaponiya-Paragvay-40:17.

«N» guruh: Ispaniya-Argentina-29:13, Avstriya-Xitoy-38:27.

Ilk bor dunyoning 32 davlati qatnashayotgan ushbu jahon chempionati musobaqalari Ispaniyaning Kastelon, Granolers, Liriya, Torrevexa shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimiz gandbolchi qizlari Ispaniyaning Torrevexa shahrida chempionat guruh bahslarida qatnashmoqda.

Chempionatning guruh o‘yinlari 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Undan keyin sovrinli o‘rinlar uchun bashlarga kirishiladi.

Musobaqalar 19-dekabrga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring