Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi sport assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda yangi sport assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

Foto: «uSport»

Mamlakatimizda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda. Ertaga, 30 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi anjumanlar zalida yangi tashkil etilayotgan assotsiatsiyaning saylov konferensiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2017 yil 9 martdagi «O‘zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida»gi va 2017 yil 3 iyundagi «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, «Talaba» sport federatsiyasi hamda «Barkamol avlod» jamiyati birlashtirilib, uning negizida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari soni jami 82 tani tashkil etadi. Ulardan 21 tasi universitet, 35 tasi institut, 2 tasi akademiya, 15 tasi filial maqomiga ega. Shuningdek, konservatoriya, oliy maktab va 7 ta chet el Oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur konferensiyada respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

Konferensiya davomida oliy ta’lim muassasalarining sport sohasidagi faoliyati hamda voleybol, gandbol, basketbol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha terma jamoalarini shakllantirish, kelgusida an’anaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalari kelishib olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring