O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi.
Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan «Tour D’or» - «Oltin minora» sovrinini qabul qilib olishdi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Tata Steel Chess 2023»ni Nodirbek Abdusattorov 8 ochko va 2-o‘rin bilan yakunlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter