Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi.

Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov  va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan «Tour D’or» - «Oltin minora» sovrinini qabul qilib olishdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Tata Steel Chess 2023»ni Nodirbek Abdusattorov 8 ochko va 2-o‘rin bilan yakunlagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring