O‘zbekiston sablyachi qizlari Jahon kubogida birinchi o‘rinni egalladi
Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik qizlar yarim finalda Janubiy Koreya jamoasi ustidan 45:26, finalda esa Qozog‘iston jamoasi ustidan 45:37 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoa safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, yakkalik dasturida hamyurtimiz Fernanda Errera g‘alaba qozongan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter