O‘zbekiston jamoasi medallari soni 10 taga yetdi!
O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan medallari soni 10 taga yetdi. Bir oz avval para-dzyudochimiz Nafisa Sheripbayeva -63 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mahoratli vakilimiz bronza medali uchun kechgan kurashda ispaniyalik Marta Arsega qarshi tatamiga chiqdi. Sheripbayeva o‘z ustunligida kechgan bellashuvda ippon bahosi bilan g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga uchinchi bronza medalini taqdim etdi.
Hozirgacha paralimpiyachilarimiz 4ta oltin, 3ta kumush va 3ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter