O‘zbek xokkey klubiga Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiyadan legionerlar taklif etiladi
O‘zbek xokkey klubi 2022 yilga qadar Kontinental xokkey ligasida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Baxodir G‘ofurovning ma’lumot berishicha, buning uchun alohida klub tashkil etiladi va unda Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiyadan chaqiriladigan legionerlar o‘ynashi rejalashtirilgan.
— Yangi klub bizga O‘zbekiston milliy jamoasi uchun o‘yinchilar yetishtirib chiqarish imkonini beradi. Bu asosiy vazifamiz.
Yangi jamoani esa legionerlar bilan to‘ldiramiz. Xorijlik o‘yinchilar Rossiyadan va uzoq xorij — Finlyandiya va Shvetsiyadan chaqiriladi. Shu bilan birga o‘zimizdan ham bir necha yigitlar jamoa safiga qo‘shiladi. Hozir esa endi seleksiya ishlarini boshlamoqdamiz, — deydi G‘ofurov.
Hozircha yangi klubning nomi qanday bo‘lishi ma’lum emas. Eslatib o‘tamiz, Kontinental xokkey ligasida Rossiyadan 19 ta hamda Belarus, Qozog‘iston, Latviya, Slovakiya, Finlyandiya va Xitoydan bittadan klub ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter