O‘zbekistonlik sovrindor sportchilar ro‘yxati:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika)

Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Abdumalik Xalakov (boks)

Kumush:

Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (og‘ir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Shohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Yermagambetova (dzyudo)

Indira O‘lmasova (gimnastika, mikst).

Dolera Davronova (og‘ir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)

Jahongir Rahmonov (boks)

Dildora Aliqulova (karate)

Timur Merjanov (boks).

Ma’lumot uchun, ushbu Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz yangi yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘la oldilar. Jumladan, bungacha O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha xech qachon oltin medal qo‘lga kiritmagandi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo‘yicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ham avvalgi Olimpiya o‘yinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.

O‘yinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati bo‘yicha 27-o‘rinni egallashgandi. Guvohi bo‘lganimizdek, bu safargi o‘yinlarda terma jamoamiz o‘z pozitsiyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-o‘rindan joy oldi. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangiladi.

Bu borada biz Osiyoda beshinchi, MDHda uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘la oldik. Qo‘shni mamlakatlar ichida eng yaqin ta’qibchimiz Qozog‘iston terma jamoasi 10 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) 15-o‘rindan joy oldi. Qirg‘iziston esa 3 ta medal (2 ta kumush, 1 ta bronza) bilan 69-pog‘onadan o‘rin oldi. 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Afg‘oniston vakillari 90-o‘rinni egallashdi. Yana ikki qo‘shnimiz Tojikiston va Turkmaniston terma jamoasi vakillari medallar qo‘lga kirita olishmadi.