Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘smirlar Olimpiadasi. O‘zbekiston o‘z rekordini yangiladi

O‘smirlar Olimpiadasi. O‘zbekiston o‘z rekordini yangiladi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Argentinada III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.

-48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon musobaqa davomida JAR va Turkiya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa gruziyalik Giorgi Gegelashviliga qarshi gilamga chiqdi va 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 11-medal bo‘ldi. Ayni paytda hamyurtlarimiz tomonidan 4 ta oltin,  4  ta kumush va 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida medallar sifati bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring