O‘smirlar Olimpiadasi. O‘zbekiston o‘z rekordini yangiladi
![O‘smirlar Olimpiadasi. O‘zbekiston o‘z rekordini yangiladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1046506876.jpg)
Argentinada III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.
-48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon musobaqa davomida JAR va Turkiya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa gruziyalik Giorgi Gegelashviliga qarshi gilamga chiqdi va 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 11-medal bo‘ldi. Ayni paytda hamyurtlarimiz tomonidan 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida medallar sifati bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter