Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinadan eksklyuziv: Bokschilarimiz bahslarga qo‘shilishga tayyor

Argentinadan eksklyuziv: Bokschilarimiz bahslarga qo‘shilishga tayyor

Foto: Anvar Ilyasov

Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik muxlislar orasida katta qiziqishga sabab bo‘ladigan boks bo‘yicha bellashuvlar boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda, deb xabar berdi Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ertaga musobaqalarga qur’a tashlansa, 14-oktyabrdan bahslarga start beriladi. Ayni paytda yosh charm qo‘lqop ustalarimiz muhim musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar. Sportchilarimiz murabbiylar Bekzod Xidirov va Davron G‘ofurovlar qo‘l ostida mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.

«Argentinaga kelgan kunimizning ertasigayoq mashg‘ulot jarayonlarini boshlab yuborganmiz. Kuniga ikki mahaldan ham mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Texnik va taktik tomonlama ishlayapmiz. Yuqori natijalar bilan yurtdoshlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz», – deyishdi murabbiylar shtabi vakillari.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini to‘rt nafar sportchi himoya qiladi:

– 56 kg: Abdumalik Xalakov.

– 69 kg: Jahongir Rahmonov.

– 81 kg: Timur Merjanov.

– 51 kg: Xursanoy Xolmatova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring