Olimpiada-2020 rahbari iste’foga chiqdi: mojaroga sabab «sergap ayollar»
Tokiodagi Olimpada-2020 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Yosiro Mori iste’foga chiqmoqda. Bunga sabab uning ayollarga munosabati...
«Fudzi» telekanali voqeaga yaqin manbalarga asoslanib xabar berishicha, 12-fevral, juma kuni «Tokio-2020» tashkiliy qo‘mitasi ijroiya kengashining yig‘ilishi o‘tkazilib, Yosiro Morining lavozimidan olingani e’lon qilinadi.
Morining ketishi hanuz savol ostida turgan Tokio olimpiadasi o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi masalasi bilan umuman bog‘liq emas.
Gap shundaki, tashkiliy qo‘mitaning oldingi majlisida 83 yoshli rahbar Yosiro Mori sport qo‘mitalari va federatsiyalarida ishlovchi ayollar ko‘payib borayotganini, bu esa yig‘ilishlarning cho‘zilib ketishiga sabab bo‘layotganini tilga olib o‘tgan. Morining fikricha, ayollar nisbatan sergap bo‘ladi, majlisga kelishsa har biri gapirib olmasa ko‘ngli tinchimaydi...
Yapon jamoatchiligini ushbu fikr g‘azablantirdi. Ayollarni emas, janob Morining o‘zini nafaqaga kuzatishmoqda.
TBS telekanali ma’lum qilishicha, bo‘shab qolgan o‘ringa Olimpiya qishlog‘i meri Saburo Kavabuti keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter