Oksana Chusovitina jarohat oldi. U Olimpiadaga bora olmaydi
Ertaga, 24 may kuni Toshkent shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasida litsenzion turnir start oladi.
Ushbu musobaqada afsonaviy Oksana Chusovitina ham ishtirok etishi kutilgandi. Bu uning Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishi uchun so‘nggi imkoniyat edi.
Biroq, u kechagi mashg‘ulotlarda jarohat olgan va Toshkentdagi musobaqani o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Chusovitina 8 marotaba Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, «Ginnes rekordlari» kitobiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter